Tanzila Norboyeva Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha bilan uchrashdi
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyeva mamlakatimizda amaliy tashrif bilan boʻlib turgan Islom hamkorlik tashkiloti (IHT) Bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Suhbat avvalida keyingi yillarda Oʻzbekiston va ushbu nufuzli xalqaro tuzilma oʻrtasidagi munosabatlar mutlaqo yangi bosqichga koʻtarilgani alohida qayd etildi.
Muloqot chogʻida ikki tomonlama aloqalarning bugungi holati hamda ularni barcha yoʻnalishlarda yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Xususan, tomonlar taʼlim, fan, innovatsiyalar, madaniyat va iqlim oʻzgarishi masalalarida Tashkilotning doimiy qoʻmitalari hamda yordamchi tuzilmalari bilan hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan fikr almashdilar.
Husayn Ibrohim Toha “Xiva – 2024-yilda Islom dunyosining turizm poytaxti” xalqaro tadbiriga tayyorgarlik jarayonlarini yuqori baholab, bu, oʻz navbatida, Islom olami, uning maʼnaviyati va madaniyatiga ulkan hissa qoʻshgan Oʻzbekistondan yetishib chiqqan buyuk olimlarning ilmiy merosini yanada keng targʻib etishga xizmat qilishini taʼkidlab oʻtdi.
Uchrashuvda poytaxtimizda barpo etilayotgan Islom sivilizatsiyasi markazi va Tashkilotning Istanbuldagi Islom tarixi, sanʼati va madaniyati tadqiqotlari markazi oʻrtasida yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga hamda boshqa yoʻnalishlarda aloqalarni mustahkamlashga kelishib olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring