Tanzaniyalik yozuvchi Adabiyot yoʻnalishida 2021-yilgi Nobel mukofoti sovrindori boʻldi
Tanzaniyalik yozuvchi Abdulrazzoq Gurna Adabiyot yoʻnalishida 2021-yilgi Nobel mukofoti sovrindori boʻldi.
U “istilochilik oqibatlari hamda madaniyatlar va qitʼalar orasiga tushib qolgan qochoqlar taqdiri mavzusini yoritgani uchun” ushbu mukofotga loyiq koʻrildi. Abdulrazzoq Gurna hozir Buyuk Britaniyada yashaydi.
Joriy yilning 4-oktyabrdan Nobel mukofoti sovrindorlarini eʼlon qilish haftaligi boshlangan edi.
Bungacha Tibbiyot va fiziologiya yoʻnalishida nufuzli mukofot Kaliforniya universiteti professori Devid Julius va AQSHdagi Skrips ilmiy-tadqiqot instituti xodimi Ardem Pataputyan, Fizika boʻyicha Jorjio Parizi, Klaus Hasselman va Syukuro Manabe, Kimyo yoʻnalishida Benjamin List va Devid Makmillan mukofotga loyiq koʻrilgan edi.
Nobel mukofotining Tinchlik va Iqtisodiyot boʻyicha sovrindorlari 8 va 11-oktyabr kunlari eʼlon qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring