Tanzaniyada ikki avtobus toʻqnashuvi oqibatida 38 kishi qurbon boʻldi
Tanzaniyada bir-biriga qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanayotgan ikki avtobus toʻqnashishi oqibatida kamida 38 kishi halok boʻldi, yana 28 kishi jarohat olgan. Bu haqda “Xinhua” agentligi Kilimanjaro viloyati komissari Nurdin Babuga tayanib xabar berdi.
Uning soʻzlariga koʻra, YTH 28-iyun kuni kechqurun Kilimanjaro viloyatiga qarashli Moshi shahri yaqinida sodir boʻlgan. Hodisada avtobuslardan birining shinasi yorilib ketgan va haydovchi boshqaruvni yoʻqotib, qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanib kelayotgan boshqa bir avtobus bilan toʻqnashgan. Toʻqnashuvdan soʻng ikkala transport vositasi ham yonib ketgan.
Kilimanjaro viloyati komissari “Xinhua” agentligiga telefon orqali bergan intervyusida aytishicha, halok boʻlganlar orasida bir oilaning aʼzolari ham bor — ular Moshi shahridagi toʻy marosimiga yoʻl olgan boʻlgan.
Uning qoʻshimcha qilishicha, jarohatlangan 28 kishining 22 nafariga shifoxonada birinchi yordam koʻrsatilganidan soʻng uyiga javob berilgan, 6 kishi hanuzgacha shifokorlar nazorati ostida qolmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring