Tanlov gʻoliblari ragʻbatlantirildi
Ijodiy hamkorlik
Matbuot — hayot koʻzgusi. Yaʼni u voqealar jarayonini avlodlardan avlodlarga yetkazuvchi manba. Matbuot nafaqat bugungi kun panoramasini toʻliq koʻrish va kuzatish, balki kelgusidagi istiqbolni ham yaqqol tasavvur qilishga yordam beradi. Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarning tub mohiyatini keng jamoatchilikka ochiq-oshkora, tushunarli tarzda yetkazuvchi ham — matbuotdir.
Shu maʼnoda, 2021-yil boshida “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyati tomonidan “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi eʼlon qilingan edi. Oʻtgan davr mobaynida mazkur tanlovga yuzdan ortiq ijodiy ishlar qabul qilindi.
Hakamlar hayʼati tomonidan “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalarida bugungi kungacha chop etilgan ijodiy materiallar koʻrib chiqilib, ular orasidan mamlakatimizda olib borilayotgan shiddatli islohotlar koʻlami tahliliy, qiziqarli, taʼsirchan, samimiy hamda sodda tilda aks ettirilgan eng yaxshi maqolalar saralab olindi.
27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni arafasida, yaʼni bugun tahririyatda gʻoliblarni taqdirlash marosimi oʻtkazildi.
Unda “Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari bilan muntazam ravishda hamkorlik qilib, dolzarb mavzulardagi maqolalari bilan faol ishtirok etgan hamda gʻoliblikni qoʻlga kiritganlar munosib ragʻbatlantirildi.
Quyida tanlov gʻoliblari bilan tanishasiz:
“Xalq soʻzi» gazetasi boʻyicha gʻoliblar:
1. Sherzod Mustafoqulov, Qoʻqon universiteti rektori.
2. Abduvali Soyibnazarov, jurnalist.
3. Mansur Eshov, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti oʻquv ishlari boʻyicha prorektori.
“Narodnoye slovo» gazetasi boʻyicha gʻoliblar:
1. Nargiza Umarova, jurnalist.
2. Nodir Jumayev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati.
3. Gulnora Abdurahmonova, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Eslatib oʻtamiz, tanlovning navbatdagi bosqichi — Mustaqilligimizning 30 yillik bayrami arafasida oʻtkaziladi va gʻoliblar diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi. Shunday ekan, tanlovda faol ishtirok etib, gʻolib boʻling!
Tahririyat.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring