Talabalar uchun “Afv” kinokartinasi namoyish etiladi
Bugun soat 10:00 da Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetida talabalar uchun Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan rejissyor Zilola Joʻrayevaning “Afv” badiiy filmi namoyish etiladi.
Mazkur namoyishlar Agentlik hamda Milliy kinematografiyani rivojlantirish Markazi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.
“Afv” kinokartinasi real voqealarga asoslangan boʻlib, turli jinoyatlar bilan qamalgan hamda yurtboshimiz tomonidan afv etilgan shaxslarning hayoti va taqdiri haqida hikoya qiladi.
Ssenariy muallifi Azamat Qorjovov, postanovkachi rejissyor Zilola Joʻrayeva, operator Ilhom Hamidov, badiiy rahbar Said Muxtorov, prodyuserlar Munojot Hoshimova va Zilola Joʻrayeva.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring