Taksichilik faoliyati bilan bogʻliq dolzarb savollarga aniq javoblar berildi
AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda Davlat soliq qoʻmitasi matbuot kotibi Muzaffar Nazarov aholidan kelib tushgan savollarga ham javob berdi.
Savol: Eshitishimizcha taksichilik faoliyati bilan YATTlar shugʻullanishiga ruxsat berilibdi, unda qanday qulayliklar mavjud?
Javob: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Avtomobil transportida yoʻlovchilar tashish faoliyatini tartibga solishni yana-da soddalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2021-yil 7-maydagi PQ-5108-son qaroriga asosan jismoniy shaxslar YATT sifatida 2021-yil 15-maydan boshlab taksichilik faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsat berildi.
Bunda, jismoniy shaxslar “Yengil avtotransport vositalarida yoʻlovchilarni tashish” faoliyati bilan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtishi lozim.
Shu bilan birga, mazkur faoliyat bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar yoʻlovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyatini litsenziya varaqasi asosida amalga oshiradilar.
Endilikda, yakka tartibdagi tadbirkor sifatida taksichilik faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar, boshqaruvidagi avtotransport vositasini “sariq rangga” boʻyamasdan, faqatgina avtotransport vositasining tepasiga «TAXI” belgisini oʻrnatgan holda aholiga pullik avtotransport xizmatini koʻrsatishlari mumkin.
Oldin, taksichilik faoliyatini amalga oshirmoqchi boʻlgan jismoniy shaxslar transport xizmati koʻrsatuvchi uyushmalarga aʼzo boʻlgan holda faoliyatni amalga oshirishi mumkin edi.
Savol: Taksichilik faoliyati bilan shugʻullanuvchi YATTlar faoliyatidan olgan daromadi boʻyicha qancha miqdorda soliq toʻlaydi?
Javob: Mazkur faoliyat bilan shugʻullanuvchi YATTlar respublika hududida faoliyatini olib borish joyidan qatʼiy nazar, 2021-yil uchun har oylik 150 ming soʻm miqdorida qatʼiy va belgilangan miqdordagi ijtimoiy soliqni toʻlaydi.
Shuningdek, berilgan litsenziya varaqasi boʻyicha bir yilga 245 ming soʻm miqdorida davlat boji undiriladi.
Unda, 2021-yil 1-sentyabrgacha YATT sifatida davlat roʻyxatidan oʻtganligi uchun davlat boji undirilmaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring