“Taxtaqoracha” dovoni yana alanga ichida qoldi
Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarini bogʻlab turuvchi “Taxtaqoracha” dovonining Kitob tumanidan oʻtgan qismida 3 kundan buyon oʻta yirik yongʻin hodisalari kuzatilayotgani, alangani oʻchirishning imkoni boʻlmayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Favqulodda vaziyatlar vazirligi hodisa yuzasidan maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, joriy yilning 4-iyul kuni soat 12:08 da Qashqadaryo viloyati Kitob tumani “Qaynar” MFY hududidagi qir adirliklarida quruq oʻt yonayotganligi toʻgʻrisida viloyat FVBga xabar tushgan. Shunga koʻra 2 ta yongʻin-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga 13:00 da yetib borib, alangani bartaraf etishga kirishgan. Koʻrilgan choralar natijasida yongʻin soat 16:00 da oʻrab olingan va 17:00 da toʻliq oʻchirilgan.
Ushbu hududda yuz bergan ikkinchi holatda esa yongʻin bugun, 6-iyul kuniga oʻtar kechasi soat 00:20 da sodir boʻlgan.
Hodisa joyiga yongʻin-qutqaruv ekipajlari soat 00:44 da yetib borib, yonayotgan qir-adirliklardagi yongʻinni soat 00:50 da oʻrab olgan va 01:20 da oʻchirishga erishgan.
Taʼkidlanishicha, ushbu yongʻin 3 kundan buyon davom etayotgani yoʻq, balki ikki xil vaqt, boshqa-boshqa kunlarda sodir boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring