Tayvanda Xitoyga josuslik qilgan tarmoq fosh etildi
Foto: Reuters
Tayvan sudi oʻn kishini, jumladan, amaldagi va isteʼfodagi harbiylarni Xitoy foydasiga josuslikda aybladi.
Orol bosh prokurorining aytishicha, uch ayblanuvchi davlat sirlarini yigʻish uchun harbiy xizmatchilarni yollagan josuslik tarmogʻini yaratgan.
Harbiy xizmatda boʻlgan ikki askarga Xitoy xalq ozodlik armiyasiga taslim boʻlishlarini aytadigan video suratga olish uchun pul toʻlangan. Taxminlarga koʻra, Xitoy ushbu videodan psixologik urush uchun foydalanish niyatida boʻlgan.
Tayvan Mudofaa vazirligi va milliy xavfsizlik boʻlimi Pekinning Tayvan boʻyicha razvedka maʼlumotlarini yigʻish harakatlari “keng tarqalgan” deb taʼrifladi.
Avvalroq, Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashining orollar boʻyicha boshqarmasi matbuot kotibi Chen Binxua Xitoy Tayvan mustaqilligini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan harakatlarga nisbatan “yumshoqlik” koʻrsatmasligini maʼlum qilgandi.
U Pekin Tayvan bilan tinch yoʻl bilan birlashish uchun keng imkoniyatlar yaratishga tayyorligini taʼkidladi, biroq uning mustaqilligi urush degani, deb ogohlantirdi. Binxua, shuningdek, orol aholisi uning mustaqilligiga qarshi chiqishi va nizolashayotgan tomonlar oʻrtasidagi munosabatlarni tartibga solishga hissa qoʻshishi kerak, deb hisoblaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring