Tahririyat tuhfasi kitobxonlar uchun haqiqiy sovg‘a bo‘ldi
Inson kamolotida kitobning ahamiyati juda katta. Zero, mutaxassislarning ma’lum qilishlaricha, elektron shakldan ko‘ra bosma nashrdagi ma’lumotning ta’sir kuchi 70 foizga ortiq ekan. Shu bois kitob o‘qigan kishining ma’naviyati, bilim doirasida, dunyoqarashi boshqalarga nisbatan teranroq bo‘ladi. Tan olish kerak, ma’lum vaqt davomida kutubxonalarimizdan o‘quvchilar qadami aridi. Butun diqqat-e’tiborimizni virtual olamga qaratdik. Biroq, bu ilmga bo‘lgan ehtiyojni biz xohlagan darajada qondirib bera olmadi. Shunda bosma nashrlarning qadr-qimmatini oldingidan-da ko‘proq anglay boshladik.
- So‘nggi yillarda kutubxonamizda kitobxonlar soni deyarli ikki barobarga ortgan, - deydi Bobur nomidagi Andijon viloyati Axborot-kutubxona markazining rahbari Gulnoraxon Ismoilova. – Misol uchun, 2018 yilda ularning soni 27 ming 601 kishini tashkil etgan bo‘lsa, ayni paytda bu ko‘rsatkich 47 ming 294 nafarga yetdi. Bunga eng avvalo, hamyurtlarimizda bosma nashrlarga bo‘lgan e’tiborning ortganligi sababdir. Qolaversa, kutubxonamizda 2019-2021 yillarda 5 mlrd. 859 mln. so‘m mablag‘ evaziga kapital ta’mirlash ishlarining olib borilishi natijasida o‘quvchilarga ko‘plab qulayliklar yaratildi.
Hozirgi kunda axborot kutubxona jamg‘armasi fondi 892 mingdan ortdi. Ulardan 568 ming 261 nusxasi bosma nashrlarni tashkil etadi. Kuni kecha “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyati tomonidan “Ezgu yangilanishlar mamlakati”, “Birinchi renessans allomalari” va boshqa badiiy to‘plamlarning taqdim etilishi kitobxonlar uchun haqiqiy sovg‘a bo‘ldi.
- Sababi, taniqli shoir va jurnalist O‘tkir Rahmat qalamiga mansub ushbu kitoblarda mamlakatda yuz berayotgan evrilishlar, yuksalishlar o‘z ifodasini topgan,-suhbatda davom etadi kutubxona rahbari Gulnoraxon Ismoilova. –Xalqimiz Yangi O‘zbekistonni barpo etishda amalga oshirilayotgan tarixiy voqealarni bilishi, o‘rnak olishi, uning bevosita ishtirokchisiga aylanishida ushbu to‘plamlarning ahamiyati katta bo‘ladi.
Saminjon HUSANOV, “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring