“Taftish.uz” saytining toʻrt nafar xodimi ushlandi
Ijtimoiy tarmoqlarda “Taftish.uz” tahririyati xodimlari tovlamachilik va firibgarlikda gumonlanib ushlangani va sayt faoliyati toʻxtatilgani haqida xabarlar tarqaldi. Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati OAV yopilganini rad etib, holat boʻyicha maʼlumot berdi.
Bildirilishicha, bugun, 16-yanvar kuni Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik)va 168-moddasida (firibgarlik) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanib, 1988-yilda tugʻilgan Gʻayrat Aberayev hamda “Taftish.uz” xodimlari 1992-yilda tugʻilgan Azizjon Yuldashev, 2000-yilda tugʻilgan Sardor Xamidov, 2006-yilda tugʻilgan Marjona Eshquvvatova hamda 1998-yilda tugʻilgan Dilshod Nishonov protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda ularning Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat) hamda 244-4-moddasida (yolgʻon axborot tarqatish) koʻrsatilgan jinoyatlarga aloqadorliklari tekshirilmoqda.
Qayd etilishicha, “Taftish.uz” sayti yopilgani haqidagi xabarlar asossiz boʻlib, ushbu nashr kundalik faoliyatini davom ettirmoqda. Holat yuzasidan qoʻshimcha axborot beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring