Taekvondo: 4 nafar hamyurtimiz final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi
Usi shahrida (Xitoy) taekvondo WT boʻyicha “Katta dubulgʻa” turnirining saralash bahslari yakuniga yetdi. Ikkinchi kun bellashuvlarida oʻtgan kvalifikatsiyada quyidagi 4 nafar hamyurtimiz final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.
-58 kg: Amir Toʻrayev
-58 kg: Nazarali Nazarov
-80 kg: Shuhrat Salayev
-80 kg: Jasur Jaysunov
Shu tariqa, 2-3-aprel kunlari oʻtadigan final bosqichida Oʻzbekiston terma jamoasining jami 8 nafar aʼzosi gʻoliblik uchun kurashni davom ettiradigan boʻldi. Eslatib oʻtamiz, kechagi bahslarda Madina Mannopova (-49 kg) hamda Nikita Rafalovich (+80 kg) ham saralashdan muvaffaqiyatli oʻtishgan edi.
Shuningdek, Ulugʻbek Rashitov (-68 kg) va Svetlana Osipova (+73 kg) tashkiliy qoʻmitaning maxsus taklifnomasi asosida toʻgʻridan toʻgʻri finalga yoʻl olishgan.
Qayd etish joiz, Osipova garchi final yoʻllanmasi naqd qilgan boʻlsa ham, jang amaliyotiga ega boʻlish maqsadida murabbiylar shtabining qarori bilan saralash bahslarida qatnashib, bugun oʻz vazn toifasida gʻalaba qozondi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi boʻyicha vakili Yan Bratu bilan uchrashuv oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring