Tadqiqot natijasi: Uzoq umr koʻrish uchun qanday ovqatlanish kerak?

Foto: Depositphotos
Oʻrta yer dengizi mahsulotlari parhezi 65 yoshdan oshgan odamlarda erta oʻlim xavfini kamaytiradi.
Shunday xulosaga Ispaniyaning Barselona universiteti olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlari yakunida kelindi. Olimlar 20 yil davomida 65 yoshdan oshgan 642 nafar koʻngillining hayot tarzini kuzatib borishdi. Ishtirokchilarning ovqatlanishini baholash uchun tadqiqotchilar peshob va qondagi polifenollar, selen, B12 vitamini, yogʻ kislotalari va boshqa moddalar miqdorini oʻlchab borishdi.
Tadqiqot davomida 425 ishtirokchi vafot etdi. Ulardan 139 nafari yurak-qon tomir, 89 nafari saraton kasalligidan hayotdan koʻz yumdi. Bundan tashqari, Oʻrta yer dengizi parheziga qatʼiy rioya qilgan ishtirokchilarda, barcha sabablarga koʻra oʻlim xavfi past boʻlgan.
Olimlar avvalroq Oʻrta yer dengizi parhezining uzoq umr koʻrish va umumiy salomatlik uchun foydasi haqida maʼlumot berishgan edi. Biroq, oʻshanda bu fikrlar asosan hisobotlarga asoslangan edi. Bu safar esa uning foydasi obyektiv baholandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Sardobaning siri nimada?
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Buxorolik doktorant nimaning evaziga Prezident sovgʻasi – avtomobilga ega boʻldi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring