Tadqiqot: miya hajmi kichrayishining sabablari tahlil qilindi
400 dan ortiq odam ishtirok etgan 20 yillik tadqiqot davomida olimlar jismoniy faollik va miya salomatligi oʻrtasidagi bogʻliqlikni tahlil qilishdi.
Tajriba davomida ishtirokchilarning bir hafta davomida qancha masofa yurganliklari qayd etib borildi. Maʼlum vaqt davomida miya hajmini aniqlash uchun MRT tekshiruvi oʻtkazildi.
Agar miya hajmi kamaygan boʻlsa, bu asab hujayralarining bir qismi nobud boʻlganligini anglatadi. Ushbu tadqiqot shuni koʻrsatdiki, yuqori jismoniy faollik miyaning katta hajmini taʼminlaydi.
Tajriba shuni koʻrsatdiki, miya hajmini saqlab qolish uchun kuniga bir yarim kilometr yurish kifoya.
Bundan tashqari, kuniga shuncha masofada yurish kelajakda xotira pasayish xavfini sezilarli darajada kamaytirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring