Tadbirkorning 3 milliarddan ortiq xizmat haqi adliya koʻmagida undirilmoqda
“Samarqand Oʼzbekgazsuv qurilish” MCHJ va Toyloq tuman yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi oʻrtasida bir qator shartnomalar tuzilgan. Tuzilgan shartnomalarga asosan, tadbirkor buyurtmachi korxonaga kelishilgan xizmatlarni koʻrsatgan. Ularning jami qiymati 11 299 784 247,7 soʻmni tashkil etgan. Ammo shartnomalar shartlari bajarilgan boʻlsada, korxona xizmat haqini 7 346 747 032,8 soʻm qismini toʻlab, qolganini toʻlashni paysalga solib kelgan. Shartnoma shartlariga koʻra toʻlov kechiktirilgan har bir kun uchun majburiyatlar bajarilmagan qismining 0,5 foizi, biroq 30 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda penya toʻlash nazarda tutilgan.
Shunga koʻra, MCHJ tomonidan joriy yil 17-fevral kuni Toyloq tuman yoʻllardan foydalanish unitar korxonasiga korxonaning jamiyat oldidagi qarzdorligini toʻlab berish, aks holda asosiy qarz bilan birga penya undirish masalasida sudga murojaat qilinishi haqida talabnoma, keyinchalik bir necha bor ogohlantirish yuborilgan. Biroq korxona masʼullari shunda ham ishim bitdi, eshagim suvdan oʻtdi qabilida ish tutib kelgan.
MCHJ rahbariyati buzilgan huquqlarini tiklash, koʻrsatgan xizmatlari uchun ish haqini undirishda yordam soʻrab Toyloq tuman adliya boʻlimiga murojaat qildi va oʻrganishlar davomida korxona chindan ham shartnoma shartlarini toʻliq bajarmagani tasdiqlandi. Adliya boʻlimi tadbirkor manfaatida Toyloq tumanlararo iqtisodiy sudiga daʼvo arizasi kiritdi.
Sud ishni har tomonlama koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining 118, 176-179, 180, 186-moddalarini qoʻllab korxona hisobidan tadbirkor foydasiga 3 693 037 214,92 soʻm asosiy qarz va 105 029 250 soʻm penya undirish majburiyatini yukladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekiston armiyasi Markaziy Osiyoda birinchi o'rinda — dunyo armiyalari reytingi eʼlon qilindi
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- Oʻzbekistonda ilmiy laboratoriyalarning sunʼiy intellektga asoslangan yagona ilmiy platformasi ishga tushiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring