Tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilmoqda

10:29 01 Dekabr 2023 Jamiyat
278 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Boysun tuman boʻlimi tomonidan “Suvinspeksiyaning” Surxondaryo viloyat hududiy boʻlimi xodimlari bilan hamkorlikda  oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda hududdagi 7 ta  fermer xoʻjaligi masʼul shaxslari hech qanday hujjatsiz magistral ichimlik suvi tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib,  davlat va jamiyat manfaatlariga jami 1,2 mlrd. soʻm zarar yetkazganliklari aniqlangan.

Xuddi shunday, Departamentning Fargʻona viloyat boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “S.S.» fermer xoʻjaligi rahbari B.N. Quva tumani “Madaniyat” MFY suv nasoslarini hech qanday hujjatlarsiz umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulab, jami 481,5 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Qoʻshtepa tuman boʻlimi tomonidan ETK xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “D.» fermer xoʻjaligi masʼul shaxslari dala maydonini sugʻorish uchun oʻrnatilgan suv nasosini umumiy foydalanishdagi tarmoqqa elektron dasturga kiritilmagan hisoblagich orqali oʻgʻrilik yoʻli bilan ulab, jami 148,9 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelganligi aniqlangan.

Departamentning Zangiota tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa, fuqaro Sh.I. Erkin koʻchasidagi uyda hech qanday hujjatsiz tashkil etgan fermada umumiy foydalanishdagi gaz tarmogʻiga oʻgʻrilik yoʻli bilan ulanib, jami 130 mln soʻmlik  tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelganligi aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) va 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?