Tabiiy resurs tarmoqlariga noqonuniy ulanish holatlari aniqlanmoqda

15:58 08 May 2023 Jamiyat
328 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Nurobod va Narpay tuman boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, “A.E.” MCHJ va “B.P.” fermer xoʻjaligi masʼul shaxslari artizan qudugʻi va suv nasosini hech qanday hujjatsiz umumiy foydalanishdagi elektr tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulab, 308,5 ming kVt/s elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Karmana tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, “K.I.” va “F.P.” oilaviy korxonalari masʼul shaxslari ushbu korxonalarga qarashli umumiy ovqatlanish shoxobchalarini hech qanday hujjatsiz umumiy foydalanishdagi gaz tarmoqlariga oʻzboshimchalik bilan ulab, 150 ming kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Ushbu qonunbuzilish holatlari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 289 mln soʻm zarar yetkazilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?