Suyukli shoir ijodiga muhabbat

14:08 20 Mart 2023 Jamiyat
812 0

Foto: Xalq so‘zi

Qarshi shahrida Oʻzbekiston Qahramoni, xalqimizning suyukli shoiri Abdulla Oripov tavalludining 82 yilligi munosabati bilan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda «Mahalla» xayriya jamoat fondi viloyat boʻlimlari hamkorligida tashkil etilgan «Abdulla Oripov ijodi bilimdonlari» tanlovi boʻlib oʻtdi.

Tanlovda tuman (shahar) bosqichida gʻolib boʻlgan 15 nafar ishtirokchi belgilangan shartlar asosida el ardogʻidagi shoir ijodini qay darajada chuqur bilishi va sheʼriyatga muhabbatini namoyon etishdi. Ularning koʻrsatgan natijalari hakamlar hayʼati tomonidan xolisona baholab borildi.

Yakuniy natijalarga koʻra, Qarshi davlat universiteti faxriy oʻqituvchisi, Kasbi tumanidagi 53-maktabning ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi Jumaqul Rajabov 1-oʻrinni egalladi.

Shuningdek, mahoratli shoir va jurnalist Nuriddin Egamov 2-oʻrinni qoʻlga kiritgan boʻlsa, «Nasaf» nashriyoti muharriri Yusuf Ziyodov 3-oʻrin sohibiga aylandi.

Gʻolib va ishtirokchilarga diplom, kitoblar va esdalik sovgʻalari topshirildi.

Jahongir BOYMURODOV, «Xalq soʻzi».

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер