Suv tanqisligi sharoitida oqilona yondashuv
Foto: "Xalq so'zi"
Samarqand tumanidagi Zaxlik qishlogʻida joylashgan suv tozalash inshooti 1965-yilda qurilgan. Oʻz-oʻzidan ayonki, oʻtgan yillar bu inshootning ishlash quvvati va sifatiga sezilarli taʼsir oʻtkazdi, samaradorlik esa pasayib bordi. Shunga koʻra inshootni bugungi kun talablari asosida modernizatsiya qilish loyihasiga kirishildi.
Inshoot Fransiyaning “SADE” kompaniyasi tomonidan rekonstruksiya qilindi. Qurilish-montaj ishlari shu yilning sentyabr oyi oxirida tugatildi. Shunday qilib, mazkur obyektda zamonaviy skada tizimi joriy etildi. Tozalash jarayoni olti bosqichda amalga oshirilib, suv taqsimoti maxsus texnologiya orqali bajariladi. U bir xil balansda suvni taqsimlash imkonini beradi. Xodimlar faqat texnik koʻriklarni oʻtkazadi. Bu esa ishchi kuchi, vaqt va mablagʻni tejaydi, ish aniq va sifatli olib boriladi.
– Ushbu loyihaning qiymati 12,5 million dollarni tashkil etib, yuqori malakali mutaxassislar tomonidan Yevropa mamlakatlarida ishlab chiqarilgan eng zamonaviy texnologiyalar asosida rekonstruksiya qilindi,– deydi “SADE” kompaniyasi vakili, loyiha kordinatori Jahongir Qodirov. – Inshootda bir kunda 140 ming kub oqova suv tozalanib, Zarafshon daryosiga quyiladi.
Asosiysi, sifatli tozalangan suvlardan qishloq xoʻjaligida, sanoat va iqtisodiyotning boshqa qator tarmoqlarida ham foydalanish mumkin. Bu esa suv tanqisligi ortib borayotgan ayni sharoitda oqilona yondashuvdir.
Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring