Surxondaryoning turistik salohiyati Malayziyada yuqori baholandi
Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida “AITEX” Osiyo ziyorat turizmi va savdo koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi. Unda mamlakatimizdan Toshkent shahri, Buxoro, Xorazm, Samarqand viloyatlari qatorida surxondaryolik delegatsiya ham faol qatnashib, hududning turizm salohiyatiga bagʻishlangan taqdimotlarini oʻtkazdi. Taqdimotda 50 ga yaqin davlatdan turizm sohasi vakillari ishtirok etdi.
— Mamlakatimiz uchun ajratilgan pavilyondan joy olgan koʻrgazmamizni barcha ishtirokchilar katta qiziqish bilan tomosha qildi, — deydi viloyat turizm boshqarmasi boshligʻi Joʻrabek Toʻrayev. — Nafaqat buyuk ajdodlarimiz mangu qoʻnim topgan muqaddas qadamjolar, balki milliy hunarmandligimiz, gastronomik turizm va oʻtmishdan saqlanib qolgan milliy qadriyatlarimiz, xushmanzara tabiat manzaralarimiz ham manzur boʻldi. Termiziylar hayoti va ilmiy merosini oʻrganish hamda turistik yoʻnalishlarda memorandumlar imzolandi.
Koʻrgazma doirasida Oʻzbekistonning Malayziyadagi elchisi Karomidin Gadoyev mamlakatimizning turizm salohiyatiga bagʻishlangan taqdimotlar, turizm sohasida olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar, ziyorat turizmini izchil rivojlantirish va ziyoratchilar uchun qulay shart-sharoit yaratish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarga bagʻishlangan taqdimotlar oʻtkazdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- “Lavozimim, unvonim bor, menga hech kim tegmaydi”, deganlar adashadi. Qonun oldida hamma teng!»
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring