Surxondaryoda yoshlar bilan yetarli ish olib borilmagani oqibatida yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik 70 foizga oshgan
Bu haqda Prezident raisligida oʻtayotgan yigʻilishda qayd etildi. Bu boradagi ahvol Shofirkon, Qamashi, Xiva va Chust tumanlarida ham qoniqarsiz.
Shu bois, yoshlar bilan ishlashni lozim darajada tashkil etmagani uchun Surxondaryo viloyati hokimining yoshlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari Begimqulov, Furqat tumani hokimi Soliyev va Ulugʻnor tumani hokimi Maxsudov;
yoshlar jinoyatchiligining oldini olish boʻyicha zarur choralar koʻrmagani uchun, Shofirkon va Qamashi tumanlari prokurorlari, Xiva va Chust tumanlari ichki ishlar boʻlimlari boshliqlari;
yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlashda sustkashlikka yoʻl qoʻygani uchun, Xoʻjayli va Angor tumani soliq idoralari rahbarlari lavozimidan ozod etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Avstraliyada 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlandi
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Muhammad Saloh faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring