Surxondaryoda Telegram orqali noqonuniy diniy ta’lim bergan yigit qamaldi

18:11 16 Avgust 2024 Jamiyat
464 0

Foto: Videodan kadr

Surxondaryo viloyati Termiz shahrida noqonuniy diniy taʼlim berish bilan shugʻullangan 27 yoshli yigitga sud hukmi oʻqildi. Bu haqda “Markaziy studiya” koʻrsatuvida xabar berildi.

Qayd etilishicha, yigit 2024-yilning 2-iyulidan boshlab Telegram messenjerida “Qurʼon va hatim” nomli guruh tashkil qilib, 300 ming soʻm evaziga 37 kishiga diniy saboq berib kelgan.

Uning mazkur faoliyati huquqni muhofaza qiluvchi organ tomonidan ushbu diniy mazmundagi materiallar oʻrganib chiqilgan. Unga nisbatan yuritilgan ish jinoyat ishlari boʻyicha Termiz shahri sudida koʻrib chiqilgan. Sud majlisida soʻralgan yigit aybiga toʻliq iqror boʻlgan.

Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning xulosasiga koʻra, ular hech qanday buzgʻunchilik va aqidaparastlik gʻoyalarini targʻib qiluvchi, davlat va konstitutsion tizimga qarshi diniy materiallar emasligi aniqlangan.

Biroq sudda yigit Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 241-moddasiga asosan diniy taʼlimotdan saboq berish tartibini buzgan deb topilgan. Sud hukmi bilan unga nisbatan 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер