Surxondaryoda suyultirilgan gaz toʻldirish shoxobchasi faoliyatini boshladi

Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. “Hududgaztaʼminot” AJ filiallari va tadbirkorlar hamkorligida davlat-xususiy sheriklik asosida gaz toʻldirish shoxobchalarining soni ortmoqda.
Ana shunday hamkorlik doirasida Surxondaryo viloyati Shoʻrchi tumanida 37 ming 575 ta isteʼmolchiga xizmat koʻrsatadigan yangi suyultirilgan gaz toʻldirish shoxobchasi faoliyatini boshladi.
Shu kunga qadar tuman aholisiga Qumqoʻrgʻon tumanidan 45 kilometr va Denov tumanidan 20 kilometr masofa bosilib, gaz toʻldirib yetkazilar edi. Bu esa isteʼmolchilarga suyultirilgan gaz ballonlarini oʻz vaqtida yetkazilishida qiyinchiliklar tugʻdirayotgandi. Endi ortiqcha xarajatlar va masofalar qisqardi. Bundan tashqari, 9 nafar fuqaroning doimiy bandligi ham taʼminlandi.
Shoxobchada bir kunda 20-30 tonna, bir oyda esa 600-800 tonna suyultirilgan gaz toʻldirilgan ballonlar belgilangan muddatlarida isteʼmolchilarga yetkaziladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Saudiya Arabistonida “Oʻzbekiston madaniyati kunlari” davom etmoqda
- Toshkentda “Oʻzbekkosmos” va “NASA” agentliklari hamkorligida “NASA Space Apps Challenge 2025” Hakaton tadbiri oʻtkazilmoqda
- Super oy: Bugun Yerning tabiiy yoʻldoshi odatdagidan ancha katta koʻrinmoqda
- JSST: Gʻazoda birorta shifoxona toʻliq ishlamayapti
- Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tartibi belgilandi
- Markaziy Osiyo pedagoglari Nukusda jam boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring