Qirgʻizistonda kafelar va restoranlarda xizmat haqi bekor qilinadi
Kelasi yildan boshlab Qirgʻizistondagi umumiy ovqatlanish maskanlariga xizmat haqi undirish taqiqlanadi, deb xabar bermoqda Interfaks.
Hukumat qaroriga koʻra, 2026-yil 1-yanvardan boshlab kafelar va restoranlar mijozlardan taomlarni olib kelish, dasturxon tuzash yoki boshqa xizmatlar uchun alohida haq ololmaydi. Barcha xizmatlar buyurtma rasmiylashtirilishidan oldin menyu yoki praysda koʻrsatilgan narxga kiritilishi shart.
Yangi tartibga koʻra, mijoz toʻlashi kerak boʻlgan yakuniy summa menyuda koʻrsatilgan narxdan farq qilmasligi lozim. Umumiy ovqatlanish korxonalariga menyu, prays-list, kassaviy va dasturiy tizimlarini ushbu talabga moslashtirish, shuningdek, xizmat uchun olinadigan har qanday foizni bekor qilish tavsiya etilgan.
Maʼlumki, hozirda Qirgʻizistondagi koʻplab kafelar va restoranlarda buyurtma summasining 5–15 foizi miqdorida xizmat haqi olinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring