Surxondaryoda prokuror, Jizzaxda esa advokat pora bilan qoʻlga tushdi
Videodan kadr
Surxondaryo viloyatida prokuror, Jizzax shahrida esa advokat fuqarolardan pora olishga uringan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan qoʻlga olindi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, Surxondaryo viloyat prokuraturasining boʻlim prokurori xizmat mavqeidan foydalangan holda, Denov tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi yurituvidagi 26 yoshli fuqaroga nisbatan toʻplangan tergovga qadar tekshiruv materiallarida jinoyat alomatlari mavjud boʻlsada, lekin, jinoyat ishi qoʻzgʻatmaslik toʻgʻrisida mazkur tuman IIBga koʻrsatma berishini aytib, evaziga 2 ming dollar talab qilgan.
Joriy yilning 5-sentyabr kuni u soʻralgan pul mablagʻidan 5 million soʻmini oʻzining nomidagi plastik kartasiga oʻtkazdirib olgan.
DXX xodimlari tomonidan Termiz shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, u talab qilingan puldan 1,3 ming dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda holat yuzasidan mazkur prokurorga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Shuningdek, Jizzax shahrida ham pora olish bilan bogʻliq holat kuzatilgan. Mahalliy advokatlik hayʼati advokati oʻz xizmat mavqeidan foydalangan holda, Mirzachoʻl tumanida yashovchi, 1981-yilda tugʻilgan fuqaro bilan oʻzaro til biriktirib, Sirdaryo viloyatining Guliston tumanidagi manzil koloniyada ozodlikdan mahrum qilish jazosini oʻtayotgan mahkumni Jizzax viloyat sud tizimidagi tanishlari orqali oqlov hukmi asosida muddatidan oldin ozodlikka chiqarib berish evaziga 6 ming dollar talab qilgan.
Davlat xavfsizlik xizmati va Prokuratura organlari xodimlari hamkorligida Jizzax shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, ular soʻralgan pul mablagʻini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring