Surxondaryoda paxta terimiga majburlagan tuman hokimi oʻrinbosari jarimaga tortildi
Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani hokimining oʻrinbosari Dilfuza Toshmatova maʼmuriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Avvalroq u mahalla faollarini paxta terimiga odam jalb qilishga majburlagani haqida xabarlar tarqalgan edi. Keyinchalik viloyat hokimligi ushbu holat yuzasidan tekshiruv oʻtkazilayotganini maʼlum qilgan.
Tekshiruv natijasida Toshmatovaning mahalla faollariga har biri 5–10 nafar kishini paxtaga chiqarish boʻyicha koʻrsatma bergani tasdiqlandi.
U Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 51-moddasi 1-qismi (maʼmuriy tartibda majburlab mehnatga jalb qilish) boʻyicha javobgarlikka tortildi va 50 BHM (20,6 mln soʻm) miqdorida jarimaga tortildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring