Surxondaryoda maktab binosiga kirmoqchi boʻlgan ayiq otib oʻldirildi
Фото: Видеодан кадр
Bugun, 15-may kuni soat 10:00 larda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumani Jannatmakon mahallasi Kichik koʻl qishlogʻiga nomaʼlum tomondan qoʻngʻir togʻ ayigʻi kelib aholi orasida vahima uygʻotdi. Bosh prokuratura mazkur holat yuzasidan munosabat bildirdi.
Maʼlum qilinishicha, tuman IIB va tuman Obodonlashtirish, ekologiya boʻlimi va boshqa tashkilotlar hamkorligida ushbu ayiqni zararsizlantirish vaqtida Jannatmakon mahallasi yoshlar yetakchisi S.Xusayinovni sudrab, tuman IIB XPB profilaktika inspektori katta leytenant R.Xasanovga tashlangan va uning oʻng qoʻli barmoq soxasiga yengil tan jaroxati yetkazgan.
Shundan soʻng, mahallada joylashgan 74-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabi binosi tomonga kirib borayotgan vaqtida maktab qorovuli tomonidan maktab darvozasi yopib qoʻyilgan, shunga qaramasdan ayiq oʻzini darvozaga urib, maktab binosiga kirmoqchi boʻlgan.
Maktab oʻquvchilariga va shu yerdagi aholi xayotiga havf tugʻdirishini oldini olish maqsadida tuman IIB hisobida turuvchi ovchilar jalb qilinib, ayiq otib zararsizlantirilgan.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgan boʻlib, ayiqning quturganligini aniqlash boʻyicha laboratoriya tekshiruvlari oʻtkazilmoqda. Holat Bosh prokuratura tomonidan nazoratga olingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring