Surxondaryoda madaniy meros yodgorliklarida tadqiqot ishlari olib borilmoqda

17:13 03 Iyun 2023 Madaniyat
688 0

Boysun tumanining “Rabot” arxeologik yodgorligi hududida Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining Arxeologiya instituti va Xitoyning Shimoliy gʻarbiy universitetining Buyuk ipak yoʻli tadqiqot markazi tomonidan tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Ekspeditsiya aʼzolari bilan muloqot davomida xitoylik arxeologlar tomonidan tumanda arxeologiya muzeyi tashkil etish va dunyo tamaddun beshiklaridan biri boʻlgan Boysunda topilgan eksponatlarni joylashtirish taklifi bildirildi. Ushbu taklif masʼul shaxslar tomonidan oʻrganib chiqilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?