Surxondaryoda kuchli sel 360 bosh qoʻyni nobud qildi
Foto: Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi
Ijtimoiy tarmoqlarda yuzlab qoʻy jasadlari yuk mashinasidan chuqurlikka toʻkib ketilayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi Surxondaryo viloyati boshqarmasi holat yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.
Unga koʻra, mazkur holat Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanida sodir boʻlgan. Joriy yilning 29-30-aprel va 1-may kunlari yogʻingarchilik koʻp boʻlishi oqibatida tumanning «Bogʻiobod» mahallasi hududiga kuchli sel kelgan. Mahalladagi qishloqqa adirlikdan yoʻnalgan kuchli suv oqimi qoʻradagi 360 bosh qoʻyni nobud qilgan.
Aniqlik kiritilishicha, turli muhokamalarga sabab boʻlgan videoda ushbu hudud viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va Sanitariya-epidemiologiya boshqarmasi tomonidan nazoratga olinib, jasadlardan har xil kasalliklar tarqamasligi uchun dezinfeksiya qilinib koʻmish uchun olib ketish jarayoni tasvirlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring