Surxondaryoda yirik hajmli nasos quvuri yorilib ketdi
Videodan kadr
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatida yirik hajmli nasos quvurining yorilib ketishi oqibatida aholi xonadonlariga zarar yetgani haqida xabarlar va holat aks etgan videolar tarqaldi. Viloyat hokimligi mazkur xabarlar yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
30-iyun kuni soat 12:50 lar atrofida Jarqoʻrgʻon tumanida joylashgan «Bobotogʻ» nasos stansiyasining 1-kollektori 7-uchastkasida diametri D-2850 mm boʻlgan quvurda yorilish holati yuzaga kelgan. Oqibatda yuqori bosimli suv otilishi kuzatilgan.
Avariya yuzasidan zudlik bilan dastlabki choralar koʻrilgan, xususan, 1-kollektordagi 3 ta nasos agregati faoliyati favqulodda toʻxtatilgan. Shundan soʻng maxsus tezkor brigada hodisa joyiga yetkazilib, taʼmirlash ishlari olib borilgan. Soat 21:00 da taʼmirlash ishlari toʻliq yakunlangan va 21:20 da nasos agregatlari qayta ishga tushirilgan.
Taʼkidlanishicha, mazkur holat oqibatida yaqin atrofdagi aholi xonadonlari hamda nasos stansiyasi inshootlariga hech qanday ziyon yetmagan.
“Hozirgi vaqtda nasos agregatlari odatdagi ish tartibida faoliyat yuritmoqda”, deyiladi bayonotda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring