Surxondaryoda gidroelektr stansiyalar quvvati oshadi
Foto: “Xalq soʻzi”
Sariosiyo tumanidagi “Toʻpolang” suv omboridan tushuvchi “kaskad”da “Toʻpolang”, “Zarchob 1” va “Zarchob 2” GESlari ishga tushirilgan boʻlib, ayni paytda “Zarchob 3” GES qurilishi davom etmoqda.
Bu yil “Toʻpolang” GES toʻliq rekonstruksiya qilinishi natijasida 175 mVt elektr energiyasi ishlab chiqarila boshlandi. Rejaga koʻra, 2024-yilda “Zarchob 3” GESi ishga tushiriladi. Shu tariqa 4 ta GESda 266,4 mVt elektr energiyasi ishlab chiqarishga erishiladi. Bu vohaning elektr energiyasiga boʻlgan 40 foiz ehtiyojini qoplaydi.
Bundan tashqari, viloyatda elektr energiya taʼminotini yaxshilash maqsadida 2023 yil yakuniga qadar Sherobod tumanida BAAning “Masdar” kompaniyasi tomonidan quvvati 457 MVt boʻlgan quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirish rejalashtirilgan.
Oʻz navbatida Osiyo infratuzilma investitsiyalari banki tomonidan Surxondaryoda 1560 MVt quvvatga ega bugʻ-gaz elektr stansiyasini qurish koʻzda tutilgan boʻlib, ushbu loyiha Angor tumanidagi “Uchqizil” suv omborining shimoli-sharqida joylashgan hududda amalga oshiriladi.
Ilhom RAHMATOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring