Surxondaryoda fuqaro hovlisidan 4 dona qadimgi xum topildi
Sariosiyo tumanining “Sarijar” mahallasida yashovchi fuqaro Erkin Tulakov joriy yilning 8-aprel kuni hovlisida issiqxona qurish uchun yer kavlayotgan paytida taxminan yarim metr chuqurlikda katta xum gardishiga duch keladi.
Qazish ishlarini davom ettirib, ushbu gardish balandligi taxminan 1,50-1,60 metr boʻlgan, butun saqlangan bir dona ulkan xum ekanligiga guvoh boʻladi. Topilma yuzasidan shu zahoti Surxondaryo viloyati madaniy meros boshqarmasiga xabar qiladi.
Viloyat madaniy meros boshqarmasi hamda Termiz arxeologiya muzeyi mutaxassislari tomonidan ushbu xum atrofida olib borilgan arxeologik kuzatuv ishlari natijasida bu yerda yana uch dona xum mavjudligi aniqlandi. Barcha xumlar zarar yetkazilmagan holda qazib olindi.
Ekspeditsiya aʼzolarining oʻrganishiga koʻra, xum topilgan hudud bevosita Hisor togʻlaridan oqib chiquvchi Obizarang daryosining oʻng qirgʻogʻida, mahalliy aholi turar-joy hovlisida joylashgani aniqlandi. Aniqlangan bir dona ulkan xum atrofida arxeologik kuzatuv ishlari olib borilishi natijasida ushbu xum bilan birga yana uch dona — jami toʻrt dona xum mavjudligi aniqlandi.
Barcha xumlar arxeologik metodlarga amal qilingan holda, zarar yetkazilmagan holda qazib olindi. Xumlarning ikki donasi gardishiga ishlangan ornamentlarga asosan ushbu ikki xum eramizning IX-XIII asrlarga oidligi taxmin qilinmoqda. Qolgan ikki xum gardishi hech qanday ornamentlar va asrini aniqlashga yordam beruvchi arxeologik belgilarsiz tekis ishlanganligi tufayli taxminan eramizning XIV-XVI asrlariga oid ekanligi taxmin qilindi. Janubiy-gʻarbiy tarafda aniqlangan XIV-XVI asrlarga oid boʻlgan xum ichidan XIV-XVI asrlarga oid boʻlgan bir boldoqli arxeologik toʻliq koʻza ham aniqlandi. Xumlarni qazib olish jarayonida bir dona oq-sargʻish rangli taxminan eramizning X asriga oid boʻlgan bir dona sirkori sopol boʻlagi hamda bir qancha XIV-XVI yashil rangga boʻyalgan sopol parchalari ham aniqlandi.
Farhod ESONOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring