Surxondaryoda Fermerlar va tomorqa yer egalari kengashining soxta xodimi ushlandi

15:23 22 Fevral 2024 Jamiyat
201 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro И.Ҳ. fuqaro Н.Т.га oʻzini goʻyoki Sariosiyo tumani fermerlar va tomorqa yer egalari kengashi bosh mutaxassisi deb tanishtirib, tumanning “Terakzor” mahallasi va “Jarobod” qishlogʻi aholisiga subsidiya asosida artizan suvini qazib chiqarishga ruxsat olib berishi evaziga undan 4 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?