Surxondaryoda bogʻcha tarbiyachisi 5 yoshli bolani kaltakladi

15:59 15 Avgust 2024 Jamiyat
317 0

Foto: Videodan kadr

Ijtimoiy tarmoqlarda “Denov tumanidagi maktabgacha taʼlim tashkilotida tarbiyalanuvchi kaltaklandi” sarlavhasi ostida video tarqaldi. Holat yuzasidan Surxondaryo viloyat hokimligi munosabat bildirdi.

“Ushbu holat boʻyicha Surxondaryo viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi tomonidan ishchi guruh tuzilib, manzilda oʻrganish ishlari olib borilmoqda. Oʻrganish natijasi boʻyicha axborot beriladi” deyiladi xabarda.

Maʼlumotlarga koʻra, voqea 13-avgust sanasida Surxondaryo viloyati Denov tumanining 16-sonli maktabgacha taʼlim muassasasida boʻlgan.

Videoda mustaqillik haqidagi she'rni yodlatmoqchi boʻlgan xodim yigʻlayotgan tarbiyalanuvchilardan biriga baqirib, goʻyoki tinchlantirish uchun kaltaklagani koʻrinadi. Shuningdek, ayolning bolalarga qarata “qoʻling tizzangda tursin”, degan buyrugʻi va asabiy ohangdagi ovozi ham eshitilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?