Surxondaryoda 15 yoshli qizga uylangan erkak hamda nikoh oʻqigan shaxsga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Surxondaryo viloyati Denov tumanida voyaga yetmagan qizga uylangan erkakka va ularga nikoh oʻqigan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqda Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova maʼlum qildi.
Maʼlumotga koʻra, 2025-yil 8-iyul kuni Denov tumanida yashovchi 67 yoshli ayol 15 yoshli nabirasini 28 yoshli yigitga turmushga bergan. Qiz voyaga yetmagani sababli, nikoh qonun talablariga muvofiq qayd etilmagan. Shu bilan birga, 75 yoshli erkak moddiy manfaat evaziga ularga sharʼiy nikoh marosimini oʻtkazgan.
Holat yuzasidan nikoh oʻqigan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining nikoh yoshi toʻgʻrisidagi qonunchilikni yoki nikoh tuzish tartibini buzish moddasi boʻyicha, kuyovga esa 16 yoshga toʻlmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilishni nazarda tutuvchi modda bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Hozirda mazkur ish boʻyicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, qiz Denov tumanidagi kasb-hunar maktabida tahsil olayotgani va uning huquqlari hamda taʼlim jarayoni mutasaddilar tomonidan doimiy nazoratga olingani maʼlum qilingan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring