Surxondaryoda 140 mlrd soʻmlik ekoturizm majmuasi quriladi
Foto: Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati
Qumqoʻrgʻon tumanidagi Janubiy Surxon suv ombori hududida yirik ekoturistik majmua barpo etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Surxondaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, loyihaning umumiy qiymati 140 mlrd soʻmni tashkil etadi. Majmua 15,7 gektar maydonni qamrab oladi.
Loyiha doirasida tabiatni muhofaza qilish tadbirlari amalga oshiriladi, yangi koʻkalamzor hududlar yaratiladi, yoʻl va infratuzilmalar ekologik talablarga muvofiq quriladi. Shuningdek, iflos suvlarni tozalash tizimi joriy etilishi koʻzda tutilgan.
Viloyat hokimi loyiha bilan tanishar ekan, qurilish ishlarini bosqichma-bosqich va tizimli yoʻlga qoʻyish boʻyicha topshiriq berdi. Qurilish belgilangan talablarga muvofiq yaqin kunlarda boshlanishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring