Surxondaryo viloyatida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli oʻrganildi
Bosh prokuror oʻrinbosari Sh.Toʻxtaboyev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Surxondaryo viloyatida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar ahvoli oʻrganildi.
Xumusan, Uzun tumanidagi Bobotogʻ oʻrmon xoʻjaligi hududida bugungi kunda kamayib borayotgan hamda Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan, Prezidentning tegishli Farmoni bilan kesilishiga moratoriy eʼlon qilingan tojik kovragi oʻsimligining tabiiy holda oʻsishi va uni koʻpaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.
Shuningdek, oʻrmon xoʻjaligida mavjud boʻlgan pista plantatsiyalari oʻrganilib, eksportbop kovrak va pista daraxtlarini koʻpaytirish boʻyicha mutaxassislarning fikrlari tinglandi.
Bundan tashqari, ishchi guruh Surxon qoʻriqxonaga borib, qoʻriqxona faoliyati oʻrgandi.
Surxon qoʻriqxonasida oʻsimlik dunyosining 810 turi hamda hayvonot dunyosining 130 turi mavjud boʻlib, 29 turdagi oʻsimlik hamda 17 turda hayvon turlari Oʻzbekiston Qizil kitobga kiritilgan.
Oʻrganishlar davomida, ishchi guruh rahbari noyob tabiat maskani boʻlgan Surxon vohasida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida amalga oshirilayotgan ijobiy ishlar bilan bir qatorda vohada fuqarolar tomonidan oʻsimlik va hayvonot dunyosiga nisbatan beshafqat munosabatda boʻlayotgan holatlar mavjudligiga toʻxtalib, bu borada qonun ustuvorligini taʼminlash, huquqbuzarlarga nisbatan murosasiz kurashish va jazoning muqarrarligini taʼminlashni soʻradi.
Bu boradagi ishlar davom etirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring