Oʻzbekiston Prezidenti Yuta shtati bilan aloqalarning mustahkamlanishini qoʻllab-quvvatladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Amerika Qoʻshma Shtatlari Yuta shtatining Iso Masih Oxirgi zamon avliyolari cherkovi oqsoqoli Devid Bednar va “Stirling” xalqaro xayriya fondi raisi Mayls Xansendan iborat biznes delegatsiyasini qabul qildi. Uchrashuvda AQSHning Oʻzbekistondagi elchisi Jonatan Xenik ham ishtirok etdi.
Oʻzbekiston – AQSH strategik sheriklik munosabatlarining surʼati ortib borayotgan sharoitda Yuta shtati bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Oʻzbekiston va Yuta shtati oʻrtasidagi faol muloqot va almashinuvlar mamnuniyat bilan qayd etildi. Raqamlashtirish, taʼlim va ijtimoiy himoya sohalarida qoʻshma loyihalar boshlangan.
Innovatsiyalar, togʻ-kon sanoati, xotin-qizlar tadbirkorligi, inklyuziv taʼlim, sogʻliqni saqlash, suv taʼminoti va sanitariya sohalarida loyihalarni amalga oshirish uchun katta salohiyat borligi taʼkidlandi.
Yakunda hududlararo aloqalarni rivojlantirish maqsadida Yuta shtati gubernatori boshchiligidagi delegatsiyaning Oʻzbekistonga tashrifini tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring