Prezident Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonda boʻladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev 14-16-noyabr kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda boʻladi.
Tashrif dasturiga muvofiq, oliy darajadagi muzokaralar hamda Oʻzbekiston va Qozogʻiston yetakchilari raisligida Oliy davlatlararo kengashning ikkinchi yigʻilishi oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.
Kun tartibidagi asosiy mavzu – savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika, energetika, qishloq xoʻjaligi, suv resurslari, madaniy-gumanitar loyihalar kabi ustuvor yoʻnalishlarda hamkorlikni chuqurlashtirish.
Mintaqaviy va global siyosatning dolzarb masalalari, koʻp tomonlama formatlar doirasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashiladi.
Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazi va qator qoʻshma loyihalarni ishga tushirish, Oʻzbekiston – Qozogʻiston strategik sheriklik hamda ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlashga qaratilgan hujjatlar toʻplamini imzolash koʻzda tutilgan.
Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yettinchi Maslahat uchrashuvida ham ishtirok etadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring