Asosiy stavka 1 foiz bandga pasaytirilib, yillik 14 foiz etib belgilandi

Foto: Markaziy bank
Markaziy bank boshqaruvi 2023 yil 16 martdagi yig‘ilishda asosiy stavkani 1 foiz bandga pasaytirib, yillik 14 foiz darajada belgilash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bu haqda MB rasmiy saytida xabar berildi.
"Iqtisodiyotda inflyasiya darajasi o‘zining yuqori nuqtasiga chiqib, pasayish tendensiyasiga o‘tganligi kuzatila boshladi. Ayni paytda, qat’iy tashqi moliyaviy sharoitlarning ichki iqtisodiy faollikka salbiy ta’siri bo‘yicha signallar paydo bo‘lmoqda.
Asosiy stavkaning 1 foiz bandga pasaytirilishi o‘tgan yil mart oyida xatarlar uchun foiz stavkaning oshirish orqali qo‘yilgan qo‘shimcha yuklamani to‘liq olib tashlash imkonini beradi", deyiladi Markaziy bank xabarida.
Bunda, yillik 14 foiz darajasidagi asosiy stavka inflyasiya prognozining pasayuvchi dinamikasida (8,5-9,5 foiz) nisbatan qat’iy pul-kredit sharoitlar saqlanib qolinishini ta’minlaydi.
Joriy yilning yanvar-fevral oylarida yillik inflyasiya ko‘rsatkichi 12,2 foizgacha biroz pasaydi va kelgusi chorakda sezilarli pasayishi bo‘yicha ishonch ortib bormoqda. Kuzatuvlarga ko‘ra, iste’mol bozorlarida mart oyining dastlabki ikki haftasida asosiy oziq-ovqat narxlari nisbatan muvozanatlashib, yanvar oyidagi o‘sishdan keyin pasayish dinamikaga o‘tganligi kuzatilmoqda.
Mavsumiy va ma’muriy ta’sirga ega bo‘lgan ayrim tovarlar va xizmatlar narxlarining o‘zgarishini inobatga olmasdan hisoblangan bazaviy inflyasiya ko‘rsatkichi o‘tgan yilning ikkinchi choragidan boshlangan o‘sib borish trendi joriy yil boshidan pasayish tendensiyasiga o‘zgarib, dekabrdagi 13,8 foizdan yanvarda 13,3 foizgacha va fevralda 13,2 foizgacha sekinlashdi.
Fevraldagi so‘rov natijalariga ko‘ra, kelgusi 12 oylik inflyasion kutilmalarning yanvar natijalariga nisbatan sezilarli darajada pasayganligini kuzatildi, bu esa bazaviy inflyasiya dinamikasi bilan birgalikda, kelgusi oylarda narxlarning barqarorlashishi uchun sharoitlarni yaratadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Vatan himoyasi va el-yurtimiz tinchligi yoʻlida halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlar oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashni kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
- Gidroenergetikadagi loyihalar ijrosi koʻrib chiqildi
- Gruziyada dzyudo boʻyicha navbatdagi musobaqa boʻlib oʻtadi
- Muborak Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish toʻgʻrisida
- Poytaxt ehtiyojini taʼminlash uchun quvvati 2 ming 400 megavattli 4 ta yirik quyosh stansiyalari barpo etiladi
- AQSH Ukraina uchun tinchlik rejasining asosiy elementini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring