SSV Surxondaryoda tibbiy sayyor qabullarini boshladi
Foto: SSV matbuot xizmati
Termiz shahridagi “Sohil” bolalar oromgohida aksiya doirasida sayyor tibbiy qabullar boshlandi. Unda vazirlik markaziy apparati jamoasi, respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari rahbarlari va shifokorlari, tibbiyot oliy oʻquv yurtlari olimlari hamda mahalliy mutaxassislar, jami 200 nafardan iborat maxsus guruh aholini qabul qilishga kirishdi.
Surxondaryo — Oʻzbekistonning janubiy darvozasi, mamlakatimizning eng olis hududlaridan biri. Bugun viloyatdagi 14 ta tuman va 1 ta shaharda 2,5 milliondan ziyod aholi istiqomat qiladi. Bu yerda 721 ta mahalla va 161 ta birlamchi tibbiyot muassasasi faoliyat yuritmoqda.
Aksiya Qashqadaryo va Namangan viloyatlarida boʻlgani kabi Surxondaryoda ham ikki bosqichda oʻtkazilyapti. Birinchi bosqichda poytaxtdan kelgan mutaxassislar guruhlar kesimida viloyatning har bir shahar va tumaniga taqsimlanib, joylarda «xonadonbay» tamoyili asosida aholi salomatligi, ularni qiynayotgan tibbiyotga doir muammolarni oʻrganmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring