SSV ota-onalarga farzandlarini nafas organlari kasalliklaridan himoya qilish uchun tavsiyalar berdi
SSV ota-onalar uchun farzandlarini nafas organlari kasalliklaridan himoya qilish uchun tavsiyalarni eʼlon qildi. Bolalar bosh pulmonologi, tibbiyot fanlari doktori, professor Furqat Shamsiyev tavsiyalari quyidagicha:
gigiyenik qonun-qoidalarga rioya qilish va farzandlariga oʻrgatish, qoʻlni sovunlab yuvish yoki antiseptik vositalar bilan muntazam ravishda dezinfeksiya qiling;
yuzlarini qoʻl bilan koʻp ushlamaslikka oʻrgating;
xonalarni doimiy ravishda shamollatib turing;
bolalarga yoʻtalganda yoki aksa urganda ogʻiz va burunni salfetka yoki tirsak bilan yopishni oʻrgating;
farzandlaringizga kasal boʻlgan bolalar oldiga yaqin kelmaslikni uqtiring;
himoya niqoblaridan foydalanishni tushuntiring;
agar farzandlari kasal boʻlib qolgan boʻlsa, maktabgacha taʼlim muassasasiga yoki maktabga yubormaslik lozim;
shuningdek, bolani toʻgʻri va ratsional ovqatlanishi, surunkali infeksiya oʻchoqlarini bartaraf etish va chiniqtirish turli xil kasalliklarni oldini olishga yordam beradi;
bolaga qoʻshimcha D vitaminining suvli eritmasi (Akvadetrim), askorbin kislotasi, sink va selen moddalari, kamqonlikni davolash maqsadida temir preparatlari tavsiya etilsa, nafas yoʻllari kasalliklariga qarshi kurashish kuchini oshirishga yordam beradi.
Gripp mavsumi boshlanganda vaksinatsiya ishlarini olib borish ham yaxshi samara beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring