SSV: Italiyaning Lombardiya hududidan Oʻzbekiston tibbiyotiga investitsiya jalb qilish masalasi muhokama qilindi
Davlatimiz rahbari oʻtgan oy Italiyaga rasmiy tashrifi doirasida mamlakatning aholi soni va maydoni boʻyicha eng yirik hamda iqtisodiy jihatdan peshqadam hududlaridan biri — Lombardiya gubernatori Attilio Fontana bilan uchrashib, keng koʻlamli hamkorlik istiqbollarini muhokama qilgan edi.
Erishilgan ana shu kelishuvlar doirasida Oʻzbekiston sogʻliqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov Lombardiya sogʻliqni saqlash hududiy vaziri Gvido Bertolaso, shuningdek, “Assolombarda” uyushmasi vakillari bilan videomuloqot qildi.
Onlayn suhbatda qayd etilganidek, “Assolombarda” Lombardiyaning eng yirik sanoat uyushmasi hisoblanadi. U tibbiyot va biologiya sohalari vakillarini birlashtiruvchi oʻziga xos markaz rolini bajaradi.
Uyushma sogʻliqni saqlash tizimiga doir keng qamrovli tuzilmani oʻz tarkibida jamlagan. Patronaj xizmati, poliklinika, tez tibbiy yordam, reabilitatsiya, ilmiy tadqiqot, nogironligi bor shaxslar va qariyalar bilan ishlash muassasalari shular jumlasidan.
Muloqot davomida Lombardiya sogʻliqni saqlash vaziri hamda “Assolombarda” vakillari quyidagi yoʻnalishda loyihalarni amalga oshirishda koʻmaklashishga tayyor ekanligini maʼlum qildi:
— sogʻliqni saqlash sohasida “Lombardiya hududiy modeli”, shuningdek, surunkali kasalliklarni davolash, bemorlar bilan ishlash, ularni tibbiy muolaja qilish, ijtimoiy taʼminot tizimini moliyalashtirish uslublari yuzasidan tajriba almashish;
— yurtimizdagi bir qator tibbiyot muassasalariga sarmoya kiritish;
— kasalliklar profilaktikasi va ularga qarshi kurashish boʻyicha mutaxassislar malakasini oshirish;
— Oʻzbekiston milliy sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirishga koʻmaklashish.
Maʼlumot uchun: Lombardiya viloyati Italiya yalpi ichki mahsulotining 22 foizini taʼminlaydi va bu koʻrsatkich boʻyicha Yevropa Ittifoqida beshinchi oʻrinni egallaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring