Soʻz erkinligi — demokratik islohotlarning muhim belgisi

14:49 30 Aprel 2022 Jamiyat
853 0

Yaqinda Jenevada xalqaro tashkilotlar rahbarlari, huquq himoyachilari, Yevropa va Osiyo davlatlari elchilari ishtirokida boʻlib oʻtgan tadbirda Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi oʻrinbosari S. Mirziyoyeva soʻzga chiqib, OAV erkinligi, davlat organlari shaffofligi xususida oʻz qarashlarini jamoatchilikka bildirdi.

Darhaqiqat, mamlakatimizda soʻz erkinligini taʼminlash boʻyicha keyingi yillarda juda koʻp ishlar amalga oshirildi. Bu haqda mulohaza yuritar ekanmiz, mamlakatdagi axborot siyosati, shaffoflik, ochiqlik boʻy choʻza boshlagan davrlarni eslash kifoya.

Davlatimiz rahbari tashabbuskorligida Harakatlar strategiyasi hayotga tatbiq etila boshlangach, soʻz erkinligi, jamiyat hayotida jurnalistlar, OAVning oʻrni butunlay yangi davrga qadam qoʻydi.

Xalq tili bilan aytganda, oqni oq, qorani qora, deydigan realist jurnalistlar avlodi yetishib chiqdi. Natijada davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlar oʻz faoliyatini OAV uchun ochdi, demokratik islohotlarning bir koʻrinishi boʻlgan hisobdorlik taʼminlanishiga mamlakatda qulay muhit va sharoit shakllandi.

Bugungi kunda OAV vakillari xalqqa bir ishonchli koʻprik sifatida mamlakatimizdagi oʻzgarishlar mazmun-mohiyatini tushuntirish, jamiyatda mavjud muammolar hamda kamchiliklarni ijobiy hal etishga oʻz hissalarini qoʻshmoqda. Bu borada jamoatchilik nazorati jurnalistlarga eng asosiy koʻmak boʻlyapti.

Yana bir haqiqat shuki, ochiqlik va oshkoralik hammaga ham yoqavermaydi. Lekin soʻz erkinligi va ochiqlik siyosati endilikda bizning kayfiyatimiz va qarashlarimiz bilan hisoblashib oʻtirmaydi. Chunki bu erkinlik qoʻllab-quvvatlanayotgan Yangi Oʻzbekistonda shaxsning shaʼni, qadr-qimmati tobora yuqorilash bilan birga, shaffoflik, oshkoralik, xolislik kabi tamoyillar odamlarimizga suv va havoday zarur. Shu bois rivojlangan mamlakatlar ekspertlari soʻz erkinligining taʼminlanish darajasiga demokratiyaning qon aylanish sistemasi sifatida katta baho beradi.

Umuman olganda, Prezidentimiz tomonidan taʼkidlanganidek, ommaviy axborot vositalari ochiqligi boʻyicha tanlagan yoʻlimiz, soʻz erkinligi boʻyicha siyosatimiz aslo orqaga qaytmaydi.

Bahodirjon SHERMUHAMMADOV,

Fargʻona davlat universiteti rektori,

pedagogika fanlari doktori, professor.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер