Soliq siyosati ham biznes sohasini ragʻbatlantirishga xizmat qilmoqda

11:15 24 Mart 2022 Siyosat
923 0

Foto: president.uz

Davlatimiz rahbari Toshkent xalqaro investitsiya forumida soʻzlagan nutqida solik sohasidagi oʻzgarishlarga ham toʻxtalib, soʻnggi yillarda soliqlarning umumiy sonini 13 tadan 9 tagacha kamaytirdik, — dedi.

Mol-mulk, shaxsiy daromad va ijtimoiy soliq stavkalari ikki barobarga pasaytirildi. Shu bilan birga, 6 mingga yaqin import boj stavkalari ham pasaytirildi. Shuningdek, oʻtgan 5 yil ichida 200 ga yaqin litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilindi yoki soddalashtirildi.

Tadbirkorlik subyektlari zimmasidagi soliq yukini yanada kamaytirish hamda soliq maʼmurchiligini takomillashtirish choralari tizimli ravishda davom ettirilmoqda.

Oʻzbekistonda xorijiy investorlar bilan ishlashning “yagona darcha” tamoyili asosida mutlaqo yangi tizimi joriy etilib, sarmoyadorlarga har tomonlama koʻmak beradigan, barcha hududlar va tarmoqlarni qamrab olgan Investitsiyalar vazirligi faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер