Sohibaning baxti endi toʻkis
Foto: Xalq so‘zi
Fargʻonalik Sohiba Qosimovaning yaqin-yaqingacha boshpanasi va hatto toʻy-davralarga kiyish uchun ohorli libosi ham yoʻq edi. Fargʻona viloyati hokimligi koʻmagida unga bir xonali uy berildi, Fargʻona shahrida joylashgan Koreya xalqaro universitetiga oʻqishga kirdi. Nufuzli oliy taʼlim muassasasida Fargʻona viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tavsiyasi bilan grant asosida oʻqiyotgan Sohiba bu yil birinchi kursni muvaffaqiyatli tamomladi.
Mamlakatimizda ota-ona qaramogʻidan mahrum va yetim bolalarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning yangi tizimi asosida keng qamrovli ezgu tashabbuslar hayotga tatbiq etilmoqdaki, buni Sohiba singari yuzlab yoshlarimiz misolida yaqqol koʻrishimiz mumkin.
Fargʻona viloyatida ham Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini ijtimoiy muhitga moslashtirish va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar emin-erkin oʻsishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilayotgani eʼtiborga loyiq.
Kuni kecha “Mahalla” xayriya jamoat fondi Fargʻona viloyat boʻlimi boshqaruvi tashabbusi bilan Milliy gvardiya Fargʻona viloyati boshqarmasi hamkorligida navbatdagi xayriya tadbiri oʻtkazildi. Unda mustaqil hayotga qadam qoʻygan ijtimoiy himoyaga muhtoj 7 nafar yigit-qizga pul mablagʻi va oziq-ovqat mahsulotlari berildi.
Shu kuni Fargʻona shahridagi Oybek, Alisher Navoiy, Mirzo Ulugʻbek nomidagi mahallalarda yashovchi nogironligi bor shaxslar holidan ham xabar olindi, ulardan bir nechasiga zamonaviy maxsus aravachalar sovgʻa qilindi.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring