“Sogʻlom inson – sogʻlom millat” umummilliy harakati boshlanadi – Shavkat Mirziyoyev

14:59 13 Fevral 2025 Siyosat
117 0

Aholi orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib qilishda nafaqat sport, balki toʻgʻri ovqatlanish ham dolzarb ahamiyatga ega ekani qayd etildi.

Oʻtkazilgan oʻrganishlarga koʻra, aholimizning 44 foizi jismoniy faol emasligi, 36 foizi toʻgʻri ovqatlanish qoidalariga amal qilmasligi aniqlangan.

Aholi oʻrtasida boshoqli, donli mahsulot, meva-sabzavotlar isteʼmoli keskin kamayib, tuz va shakar isteʼmoli ortib borayotgani xavotirlarni yanada kuchaytiradi. Oqibatda odamlarning 56 foizida ortiqcha vazn, 38 foizida qon bosimi bilan bogʻliq muammo bor. Yuqumli boʻlmagan kasalliklar erta oʻlimga sabab boʻlmoqda.

Shu bois, “Sogʻlom inson – sogʻlom millat” umummilliy harakati boshlanadi.

Mutasaddilarga sogʻlom ovqatlanish va jismoniy faollik targʻiboti bilan har bir oilani qamrab olish zarurligi koʻrsatib oʻtildi. Bu yoʻnalishda xalqchil va taʼsirchan ijtimoiy roliklar tayyorlab, har kuni markaziy telekanallarda namoyish etish lozimligi taʼkidlandi.

Umuman, bu masalalarni qonun darajasida mustahkamlab qoʻyish zarurligi, “Jismoniy tarbiya va sport toʻgʻrisida”gi qonunni qisqa muddatda tubdan qayta koʻrib chiqib, bugungi zamon talablariga moslashtirish muhimligi koʻrsatib oʻtildi.

Yigʻilishda mutasaddilar va hududlar rahbarlarining hisobotlari, sport sohasi vakillarining takliflari tinglandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер