Slovakiyada ikki yoʻlovchi poyezdi toʻqnashib ketdi
Illyustrativ foto
Slovakiyaning Rojnyava okrugidagi Yablonov nad Turnyou qishlogʻi yaqinida ikki yoʻlovchi poyezdi toʻqnashib ketdi. Bu haqda Koshitse shahri hududiy yongʻin xavfsizligi va qutqaruv xizmati vakili Yozef Balint maʼlum qildi.
“Integratsiyalashgan qutqaruv tizimining barcha boʻlinmalari voqea joyiga yetib keldi. Yoʻlovchilar asta-sekin poyezdlarni tark etishmoqda, jarohatlar darajasi hozircha nomaʼlum. Politsiya voqea joyini qoʻriqlamoqda, qutqaruv boʻlinmalari ishini muvofiqlashtirmoqda, shuningdek, hududda odamlarning harakatlanishini nazorat qilmoqda”, — deyiladi Koshitse politsiya boshqarmasi xabarida.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, YTH oqibatida 20 nafardan ortiq kishi jabrlangan.
“Ta3” telekanali xabariga koʻra, toʻqnashuv tunnel oldida sodir boʻlgan. Yoʻl harakati toʻxtatildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring