Siz faqat oilamizning emas, butun bir millatning otasisiz — Saida Mirziyoyeva Prezidentni tabrikladi
Foto: Saida Mirziyoyeva / Instagram
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi.
“Tugʻilgan kuningiz qutlugʻ boʻlsin, dadajon!
Siz men uchun har doim donishmandlik va kuch-qudrat timsoli boʻlib kelgansiz. Men Sizning cheksiz mehringizdan quvvat olib ulgʻaydim.
Dadajon! Tunu kun Sizning oʻy-xayolingiz nimalar bilan band ekanini yaxshi bilaman. Siz xalqimiz uchun yashayapsiz. Umringizni shu yurtga, uning tinchligi, odamlar farovonligiga bagʻishlagansiz. Chunki Siz faqat oilamizning emas, butun bir millatning otasisiz.
Men Sizning bemisl mehr-muhabbatingiz, fidoyi xizmatlaringiz, barcha mashaqqatlarni yengishda koʻrsatayotgan matonatingiz oldida bosh egaman.
Allohdan faqat bir narsani soʻrayman – Sizni doim Oʻz panohida asrasin. Men uchun. Hammamiz uchun...
Siz dunyoga kelgan kun barchamizga muborak boʻlsin, dadajon”, deb yozgan Saida Mirziyoyeva.
Maʼlumot uchun, bugun, 24-iyul kuni Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 68 yoshni qarshi oldi. Shu munosabat bilan xorijiy davlatlar, hukumatlar, parlamentlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar, yetakchi xorijiy kompaniyalar rahbarlari, taniqli jamoat, din va sport arboblari, mamlakatimizning barcha hududlari va xorijdagi yurtdoshlarimizdan samimiy qutlovlar kelmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring