Sirdaryodagi maktabda oʻqituvchini urgan ayol uzr soʻrab chiqdi
Videodan kadr
Avvalroq Sirdaryo tumanidagi 1-maktabda pedagogga nisbatan fuqaroning qoʻpol muomalada boʻlgani aks etgan videolar tarqalgan edi. Holat boʻyicha Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi qoʻshimcha maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, jamoatchilikning keng muhokamalariga sabab boʻlgan mazkur holat viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi hamda tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan atroflicha oʻrganib chiqilgan va huquqbuzar fuqaroga tegishli chora koʻrilgan.
“Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bunday holatlarni keskin qoralaydi va doimo murosasiz munosabatda boʻladi”, deyiladi vazirlik xabarida.
Voqealar fonida Sirdaryo viloyati MMTB oʻqituvchini urgan ayolning uzr soʻragani tasvirlangan videorolikni taqdim etdi.
“Jahlim chiqqanda bilmay qoldim. Barchadan uzr soʻrayman”, deydi u.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- Ukrainada jurnalistlarni olib ketayotgan avtomobil dronlar hujumiga uchradi
- Rossiya yangi urushga tayyorgarlik koʻrmoqda — Germaniya mudofaa vaziri
- Tehronda vaziyat jiddiy: poytaxt aholisi evakuatsiya qilinishi mumkin
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring