Sirdaryoda jazo muddatidagi shaxs 150 ming soxta dollar bilan qoʻlga tushdi

Sirdaryoda jazo muddatini oʻtayotgan shaxs qalbaki 150 ming dollar bilan qoʻlga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar qildi.
Bildirilishicha, Oqoltin tumanida yashovchi, 1998-y.t. fuqaro qalbaki 150 ming AQSH dollarini “shartli xaridor”ga haqiqiy 30 ming AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur fuqaro jinoyat ishlari boʻyicha Yangiyer shahar sudining 2024-yil dekabr oyidagi hukmi bilan Jinoyat Kodeksining 168 va 176-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan 1-yil 10 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan va hozirda jazo oʻtayotgan shaxs hisoblanadi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida, u Qozogʻiston Respublikasidan kontrabanda yoʻli bilan keltirilgan ushbu qalbaki kupyuralarni Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida yashovchi fuqarodan olganligi maʼlum boʻldi.
Holat yuzasidan Jinoyat Kodeksining 176-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qonunbuzarga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi. Hozirda tergov doirasida uning jinoiy sheriklarini aniqlash boʻyicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi
- “Bunyodkor” murabbiyi Sergey Arslanov vafot etdi
- Qondagi glyukozani pasaytirish uchun kechki ovqatlanishning ideal vaqti maʼlum boʻldi
- Kamchatka sohillaridagi kuchli zilziladan soʻng Oʻzbekiston Konsulligi vatandoshlarimizga murojaat qildi
- Sardobaning siri nimada?
- Toshkentda “Iqtisodiyot va biznes boshqaruvi sohalarida ilgʻor tadqiqotlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy simpozium oʻtkazildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring